Jahon | 19:47 / 28.01.2016
2846
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Eronga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlayotgani yo‘q

Yevrokomissiya OAVda tarqalgan Eronga nisbatan joriy etilayotgan yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda 28 yanvar kuni YeIning tashqi siyosat xizmati vakili Ketrin Rey ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“YeI Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni ishlab chiqish haqida hech qanday so‘rovlarni qabul qilib olmadi va mazkur masalani ko‘rib chiqmaydi”, - dedi u.