Jahon | 13:36 / 28.01.2016
3535
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRning raketa uchirishga tayyorlanayotganini shubha ostiga oldi

Seul Shimoliy Koreya ballistik raketalar uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqlaydigan hech qanday belgilarni kuzatmayapti. Bu haqda Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligining rasmiy vakili Kim Min Sok aytib o‘tdi.

Ilgariroq Yaponiya matbuotida KXDRning ballistik raketalar uchirishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. “Shimoliy Koreyaning yangi provokatsiyalari Pxenyanga xos tarzda kutilmaganda amalga oshiriladi”, - ta'kidladi vazir.