Jahon | 12:58 / 28.01.2016
3189
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya Turkmaniston bilan terrorchilik va narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlik o‘rnatadi

Rossiya Turkmaniston bilan terrorchilik va narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlikni yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“Rossiya yetakchisi Vladimir Putin sizga eng iliq tilaklarni yetkazishni so‘radi, u noyabr oxirida Tehronda o‘tgan uchrashuvni mamnuniyat bilan yodga olib, yangi aloqalarni sabrsizlik bilan kutmoqda”, - dedi Lavrov Berdimuhamedovga.

“Biz terrorchilik tahdidi, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka to‘sqinlik qilish borasidagi harakatlarimizni muvofiqlashtirib borishdan manfaatdormiz”, - qo‘shimcha qildi diplomat.