Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yana mashina narxi ko‘tarilishi mumkin
Qozog‘istonda yana avtomobil narxlari oshishi mumkin. Bu safar ham yangi, ham eski mashinalar narxlari oshadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mamlakatda eski avtomobili qoldiqlari utilizatsiyasi uchun yangi to‘lovning kiritilishi narxlarga ta'sir o‘tkazmay qo‘ymaydi, deb xabar bermoqda KTK telekanali.
28 yanvardan e'tiboran mamlakatda eski mashinalarni qayta ishlash uchun to‘lov undirila boshlaydi. Kim chet eldan mashina xarid qiluvchi haydovchilar ushbu yangi soliqqa tortiladi. Qozog‘istonda yig‘ilgan avtomobillar uchun utizilatsion to‘lovni esa ishlab chiqaruvchilar o‘taydi. Bu summa, shubhasiz, ishlab chiqarilayotgan mashinalar tannarxida aks etadi.