Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yetimxonalardan birida bolalar elektroshoker bilan jazolangani aniqlandi
Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Bratsk shahrida joylashgan 25-raqamli yetim bolalarga mo‘ljallangan maktab-internatda bolalarga azob berilgani bilan bog‘liq faktlar tasdiqlandi. Bu haqda Flash Siberia nashri mintaqaning bola huquqlari bo‘yicha vakili Svetlana Semyonovaga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
“Tarbiyalanuvchilarga noloyiq munosabat ko‘rsatilgani faktlari vakilga yo‘llangan ko‘plab murojaatlarda aks etgan bo‘lib, ular tasdiqlandi”, - deyiladi xabarnomada. Ilgariroq mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, internat tarbiyalanuvchilari ularning haqorat qilingani, ular elektroshokerlar bilan urilgani haqida vakilga shikoyat yozgan.