Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:54 / 29.01.2016
3575
1 daqiqa o‘qiladi
Iroqda AQSh boshchiligidagi koalitsiya askari halok bo‘ldi
Iroq hududida AQSh boshchiligida IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiya harbiylaridan biri halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Amerikaliklar tomoni ma'lumotiga ko‘ra, bu askarning o‘limi harbiy amaliyot vaqtida ro‘y bermagan.
Ayni vaqtda voqea yuzasida tekshiruvlar olib borilmoqda. Tez orada batafsil ma'lumotlar berilishi aytilgan.
Bundan oldinroq, 28 yanvar kuni koalitsiya samolyotlari Iroq va Suriya hududida IShID jangarilariga qarshi 18ta zarba yo‘llagani haqida xabar berilgandi.