Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:16 / 29.01.2016
3173
1 daqiqa o‘qiladi
Obama IShIDning Liviya va boshqa davlatlarga ta'sirini kengaytirishiga to‘sqinlik qilishga chaqirdi
AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilariga IShID terrorchilik guruhi Liviya va boshqa davlatlarga ta'sirini kengaytirishiga qarshi kurashish zarurligiga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
IShID jangarilari Liviyadagi beqaror vaziyatdan foydalanib, u yerdagi Sirt shahrida joylashib olishga muvaffaq bo‘ldi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar o‘sha yerdan turib mintaqadagi neft obektlariga bir nechta hujum uyushtirgan.