Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:26 / 29.01.2016
4042
1 daqiqa o‘qiladi
Olland: Fransiya va Eron ikki tomonlama munosabatlarda yangi bob ochdi
Fransiya va Eron ikki tomonlama munosabatlarda yangi bob ochdi, deb aytdi Fransiya prezidenti Fransua Olland. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Eron prezidenti 17 yildan beri Fransiyaga kelmagandi. Bugun biz munosabatlarimizda yangi bobni ochdik. Umid qilamanki, hamkorligimiz hammaga foydali bo‘ladi”, deb aytdi Olland.
Olland, shuningdek, Eron prezidentining ikki kunlik tashrifi davomida tomonlar turli sohalarga oid 30 ga yaqin bitim tuzishganini ma'lum qildi.