Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 215 ta yong‘inlar qayd etildi
O‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz hududida 215 ta yong‘inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd. 430 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 149 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro T.Ismoilovning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan uyning 25 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilganlar.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro J.Shonazarovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 72 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li kuyish tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilganlar.
Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro X.Savurovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 190 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.