Jamiyat | 15:55 / 29.01.2016
10699
2 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekovning konsert kunlari qisqarishi sabablariga oydinlik kiritildi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning bu yilgi konsert kunlari aniq bo‘ldi. Xonanda 10-20 aprel kunlari “Istiqlol” san'at saroyida “Mehring sabab” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Kontsert bannerida uning fonogramma orqali ijro etilishi ma'lum qilingan. Darakchi.uz sayti avvalgi sal kam bir oylik konsert jonli ijroda bo‘lgani sabab mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonandaning ma'muri bilan bog‘landi.

- Kontsert kunlarini 10 kun deb e'lon qilganimizga sabab, chiptalarning sotuvini kuzatamiz, agar chiptalar qolmasa yana qo‘shimcha kunlarni band qilishimiz mumkin. Fonogramma masalasiga keladigan bo‘lsak, o‘tgan yilgi konsertimizda ham fonogrammada ijro etiladi deb, jonli ijroda konsert qo‘yganmiz. Bu yil dastur qanday ijroda bo‘lishini hali vaqt ko‘rsatadi. Ehtimol jonli, balki fonogramma bo‘lishi ham mumkin.