10:37 / 29.01.2016
19186

Qo‘lbola mo‘'jiza

Toshkent pediatriya institutining kardiojarrohlik bo‘limi reanimatsiyasida doim nimadir chiyillab turadi, karavot yonidagi monitorlarda raqam va grafiklar lip-lip ko‘zga chalinadi. Bolajonlar bu yerda ularning yuragida o‘tkazilgan jarrohlikdan keyin yotadilar. Tashrif buyuruvchilar bu yerga qo‘yilmaydi. Kichkintoylarning onalari reanimatsiya eshigi oldida soqchilar kabi «bolajonimga bir nigoh tashlay», deb, ichkariga kirishga ijozat kutib turishadi.

Xondona Maxmudaliyevaning onasi Dildor o‘z «soqchiligini» tugatdi - qizalog‘ini reanimatsiyadan oddiy bemorxonaga o‘tkazishdi va u endi qo‘g‘irchog‘i bilan o‘ynab, hayo bilan jilmayib, nimalarnidir chug‘urlab, o‘zi bilan o‘zi ovora.
Xondona atigi bir yilu ikki oylik, tug‘ilganidayoq unga «tetrada Fallo» yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan.

«Tetrada» - to‘rt ma'nosini anglatadi va bunday tashxis yurak tuzilishida to‘rtta nuqson bor degani. Bu bolalarda uchraydigan tug‘ma xastaliklardan biri bo‘lib, yurak xastaliklarining 10 foizini tashkil etadi. U o‘z vaqtida davolanmasa, oqibati achinarli - kasal bolalarning to‘rtdan biri bir yoshga yetmay nobud bo‘ladi, qolgani o‘rta hisobda 12 yil yashaydi.

Bolalar kardiojarrohlik bo‘limi mudiri Doniyor Pirnazarovning aytishicha, bunday tug‘ma xastaliklar va buzilishlar prenatal rivojlanish bosqichida paydo bo‘ladi. Boshqa yurak xastaliklari kabi Fallo tetradasi homilaning shakllanayotgan davrda - homiladorlikning to‘qqizinchi haftasigacha shakllanadi. Shu davrda turli salbiy ta'sirlar mavjud bo‘lsa, bu homilaning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Kasallikning sababi gen darajasida yotadi va ikki xil bo‘ladi - nasldan naslga o‘tuvchi yoki turli mutagen faktorlar ta'sirida orttirilgan. Bu salbiy ta'sir turli xil ionlantiruvchi nurlanish, kimyoviy moddalar (ayrim dorilar, zararli moddalar), alkogol, virus va mikroblardan bo‘lishi mumkin. Shifokorlarning ta'kidlashicha, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar bunday yurak xastaliklari paydo bo‘lish xavfini bir necha marotaba orttiradi.

Xondona oilaning uchinchi farzandi - yagona, uzoq kutilgan qizaloq, uning ikki akasi bor, ulardan biri bolalar tserebral falajiga mubtalo. Dildor onasi maktabda matematika o‘qituvchisi, hozir tug‘ruq ta'tilida. Matematika yordam bermadi - oila byudjyeti raqamlari qancha jamg‘arilmasin, yetarli miqdorda to‘planmadi. Shifokorlar operatsiya o‘tkazishni qanchalik shoshirmasin, unga kerak bo‘lgan materiallar va ochiq yurakda o‘tkazilayotgan operatsiyaga zarur bo‘lgan oksigenator uchun yetarli pul to‘plashga oilaning qurbi yetmas edi.

Yangi yil kechasi, kurantlar urayotgan chog‘da, Dildor ko‘ngliga bir niyat tugdi - mo‘'jiza ro‘y bersayu bolalari sog‘ayib ketsa. Yanvarning dastlabki kunlaridan birida Dildorni qizalog‘i bilan Toshkentga operatsiyaga chaqirib qolishdi. Ular «Sochnaya dolina» savdo markasi «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik» aksiyasi doirasida kam ta'minlangan oilalardagi yuragida operatsiya o‘tkazishga o‘ta muhtoj bolalar uchun barcha kerakli materiallar va oksigenatorlar xarajatlarini to‘lagan oilalar qatoriga kiritilgan ekan. Noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan pulning muayyan qismi Toshkent davlat pediatriya institutining xayriya hisobiga o‘tkazilib, kam ta'minlangan oilalardagi yurakda operatsiya o‘tkazishga o‘ta muhtoj bo‘lgan, og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun mo‘ljallangan edi.

Dildor aksiyani «qo‘lbola mo‘'jiza» deb atadi. «Endi qizimni yuragida minglab insonlar yuragi urayapti va men buni hech qachon unutmayman», - dedi u xayrlashuv vaqtida.

Bu «Sochnaya dolina» savdo markazi o‘tkazgan «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik» aksiyasi doirasidagi to‘rtinchi hikoya va hali davomi bor.

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Reklama huquqlari asosida.

Top