Jahon | 00:05 / 29.01.2016
3586
1 daqiqa o‘qiladi

Yaman prezidenti qarorgohi yonidagi portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Yaman prezidenti qarorgohi yonida sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia nashri. Ma'lumotlarga ko‘ra, yana 12 kishi jarohat olgan.

Avvalroq Yaman prezidenti qarorgohiga kiraverishda portlash sodir bo‘lgani, portlovchi moddalar bilan to‘lg‘azilgan avtomobil qarorgohdan 500 metr uzoqlikdagi nazorat-o‘tkazish punktiga borib urilgani ma'lum qilingandi.