Jahon | 00:32 / 30.01.2016
6056
1 daqiqa o‘qiladi

Eron droni Fors ko‘rfazida AQSh aviatashuvchi kemasi ustidan uchib o‘tdi

Eronning razvedka uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz parvoz qurilmasi Fors ko‘rfazidagi neytral suvlarda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchi kemasi ustidan uchib o‘tgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Uchuvchisiz parvoz qurilmasining quroli bo‘lmagan va kema uchun hech qanday xavf solmagan”, deb aytdi AQSh HDK vakili.

Biroq uning aytishicha, xavfning bo‘lmaganiga qaramasdan, bu Eron tomonidan “nonormal va noprofessional” harakat bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu voqea 12 yanvarda yuz bergan.

Avvalroq Eron AQShdan Ummon bo‘g‘ozidan aviatashuvchi kemasini olib chiqib ketishini talab qilgani ma'lum bo‘lgandi.