Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:09 / 30.01.2016
2862
1 daqiqa o‘qiladi
Facebook foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq orqali qurol sotishni taqiqlaydi
Facebook kompaniyasi foydalanuvchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqda qurol sotishga taqiqlov kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya matbuot kotibi ma'lum qildi.
Taqiqlov o‘z xizmatlarini ijtimoiy tarmoqda reklama qiluvchi litsenziyaga ega kompaniyalarga taalluqli bo‘lmaydi, chunki qurol sotish bo‘yicha bitimlar ijtimoiy tarmoqdan tashqarida amalga oshiriladi.
Hozircha yangi qoidalar amal qilishining sxemasi va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar berilmagan.