Jamiyat | 14:57 / 30.01.2016
2968
1 daqiqa o‘qiladi

Guanchjouning sobiq meri 11,8 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda

Xitoyning Guanchjou shahri(Guandun provinsiyasi ma'muriy markazi)ga rahbarlik qilgan Tsao Tszyanlyao 76,96 mln yuan ($11,8 mln) miqdorida pora olganlikda ayblanmoqda. Bu haqda 30 yanvar kuni Sinxua agentligi xabar qildi.

Mazkur ish Shenchjen (Guandun provinsiyasi) shahrining o‘rta darajali xalq sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Prokuratura vakillari Tsao Tszyanlyaoni yerdan foydalanish, shaharsozlik siyosati va muhandislik ishlarini boshqarish sohalarida mansabini suiiste'mol qilishda ayblamoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u uch kishining manfaatlari uchun pora olgan.

Xabarda keltirilishcha, sud qilinayotgan shaxs dastlabki majlisda o‘z aybini tan olgan. Tsao Tszyanlyao 2007 yildan vitse-mer lavozimida ishlagan. Ungacha esa Guanchjou va uning tumanlari ma'muriyatlarida turli mansablarda faoliyat ko‘rsatgan.