Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:29 / 30.01.2016
4242
1 daqiqa o‘qiladi
Rim papasining Fiat avtomobili uchun 82 ming dollar berildi
Rim papasi Frantsiskning Fiat 500L avtomobili Filadelfiyadagi auksionda 82 ming dollarga sotildi. Gap pontifik o‘zining bu shaharga tashrifi paytida yurgan ikkita Fiat’dan biri haqida ketmoqda.
Hammasi bo‘lib papaning mashinasiga 19 kishi da'vogarlik qildi. Auktsiondan olingan pullar xayriya ishlari va katolik yeparxiyani qo‘llab-quvvatlashga ishlatiladi.
Rim papasi Filadelfiyada 2015 yilning sentabrida bo‘lgandi. Papa yurgan ikkinchi avtomobil avtoshouda namoyish qilinadi. So‘ngra u ham auksiondan sotib yuborilishi mumkin.