Jamiyat | 17:35 / 30.01.2016
4188
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rahimxon: kitob o‘qiydigan san'atkorlar juda kam

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon “Darakchi” nashriga bergan intervyusida tez-tez badiiy kitoblar o‘qib turishini aytdi.

“Kitob bu ma'naviy ozuqa beradigan katta boylik, - dedi u. – To‘g‘ri, bugungi, kunda kitob o‘qiydigan san'atkorlar juda kam. O‘zimga kelsak, ko‘nglimga yaqini Abdulla Qodiriy, Oybek, Said Ahmadning asarlari, Zulfiya, Hamid Olimjon, Muhammad Yusuf she'rlarini mutolaa qilishni kanda qilmayman”.