Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:01 / 30.01.2016
2900
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya qirg‘oqlarida qayiqning cho‘kishi oqibatida 30dan ortiq muhojir halok bo‘ldi
Turkiya qirg‘oqlarida qayiqning cho‘kishi oqibatida 30dan ortiq muhojir halok bo‘ldi. Voqea 30 yanvar kuni Egey dengizida sodir bo‘ldi.
Kamida 33 kishi halok bo‘lgan, ulardan 5 nafari bolalardir. Anadolu agentligining ma'lum qilishicha, qayiq Chanoqqal'a shahridan yo‘lga chiqqan. Afg‘oniston, Suriya va Myanmadan kelgan jami 75 kishi qirg‘oq qorovuli xizmati tomonidan qutqarib olingan.
Muhojirlar GretsiyaningLesbos oroli tomon yo‘l olgan edi.