Jahon | 19:37 / 30.01.2016
5585
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy TIV: AQSh kemalari Xitoy hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirdi

AQSh flotiga tegishli harbiy kemalar noqonuniy ravishda Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy suvlariga kirdi, deya ma'lum qildi XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin. Bu haqda vazirlik rasmiy saytiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

“XXRning hududiy va chegaradosh suvlari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, xorijiy harbiy kemalar Xitoy hududiy suvlariga kirar ekan, XXR hukumatining ruxsatini olishga majbur. Amerika harbiy kemasi esa qonunni buzdi va o‘zboshimchalik bilan Xitoy hududiy suvlariga kirdi”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni AQSh floti kemasini kuzatuv ostiga olib, Amerika tomonini XXR qonunlarini hurmat qilishga chaqiradi.