Jahon | 18:42 / 31.01.2016
7750
1 daqiqa o‘qiladi

Damashqdagi portlashlar qurbonlari soni 45 kishiga yetdi

Damashqdagi portlashlar qurbonlari soni 45 kishiga yetdi. Bu haqda Suriya IIVga tayangan holda SANA agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, Damashq chetidagi Saida Zaynab degan joyda ikkita portlash sodir etildi.

Yaralanganlar soni 110 kishiga yetdi.
Jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga IShID guruhi oldi.