Jahon | 00:46 / 31.01.2016
10810
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiya samolyoti Turkiya havo hududini buzgani haqidagi xabardan keyin Putin bilan uchrashish istagini bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istayapti, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Erdo‘g‘an bu haqda go‘yoki Rossiyaning Su-34 samolyoti Turkiya havo hududini buzgani haqidagi xabardan keyin aytdi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini ushbu holat yuzasidan chaqirtirgan edi.

Rossiyaning Anqaradagi elchixonasida elchi Andrey Karlovning Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgani taqsdiqlandi.