Jahon | 09:23 / 31.01.2016
3298
1 daqiqa o‘qiladi

Falastin bir qator shartlar bajarilmaguncha Isroil bilan muzokaralar o‘tkazmaydi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastin "Isroil bosib olgan Falastin hududlarida qoidabzarliklarni amalga oshirda davom etar ekan" u bilan muzokara o‘tkazish niyatidamasligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Abbos Efiopiyada Afrika ittifoqi sammitida nutq so‘zladi va "Falastin hukumati Yaqin Sharqdagi ixtilofning vaqtinchalik tartibga solinishi variantlariga norozi bo‘lishini" aytdi. Abbos bu sammitda faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Abbosning aytishicha, ixtilofni hal qilishning maqbul yo‘li ikki qo‘shni davlat o‘rtasida tinchlik va qo‘ni-qo‘shnichilikning o‘rnatilishi bo‘ladi. Abbos

poytaxti Quddus shahrida bo‘ladigan mustaqil Falastin davlati yaratish rejasi tarafdori ekanligini ta'kidlab o‘tdi.