Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:46 / 31.01.2016
5826
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya mudofaa vazirligi Turkiya havo hududlari buzilgani haqidagi ayblovni inkor qildi
Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya harbiy samolyoti tomonidan Turkiya havo hududlari buzilgani haqidagi ayblovni inkor qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi samolyotlari tomonidan hech qanday Turkiya havo hududi buzilishi bo‘lmagan. Turkiyaning go‘yoki Rossiyaning Su-34 samolyoti tomonidan havo hududining buzilgani haqidagi ayblovi – biror dalilga asoslanmagan tashviqotdir", deb aytdi mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.