Jahon | 09:58 / 31.01.2016
3364
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sohillari yaqinida qayiqning falokatga uchrashi oqibatida 39 qochqin halok bo‘ldi

Turkiya sohillari yaqinida qochqinlar ketayotgan qayiq falokatga uchradi, oqibatda kamida 39 kishi halok bo‘ldi, yana 75 kishi Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash kuchlari tomonidan qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Rasmiiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya, Afg‘oniston va myanmalik qochqinlar Gretsiyaning Lesbos oroliga yetib olishmoqchi bo‘lishgan. Sohilbo‘yi xizmatlari falokatga uchragan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda, chunki qayiqdagi odamlarning aniq sonini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

Falokat Chanakkale viloyati sohillari yaqinida yuz bergan, halok bo‘lganlar orasida bir necha bola ham bo‘lgan.

O‘tgan haftada ham Egey dengizida kema falokatga uchrashi oqibatida 40 dan ko‘proq muhojir halok bo‘lgandi.