21:07 / 01.02.2016
17218

Qo‘rqinchli xastalik sababli 15 yoshli hindistonlik bola qariyaga o‘xshab qoldi

Hindistonning Mumbay shahrida yashovchi o‘smir noyob xastalikka chalingan. Ushbu kasallik sababli uning organizmi keragidan sakkiz marta tezroq keksaymoqda.

Odatda bunday kasalga chalinganlar 14 yildan uzoq yashamaydi, biroq hindistonlik o‘smir yaqindagina 15 yoshini nishonladi va rekordchiga aylandi, deya xabar qildi Mirror.

Nixal Bitla aziyat chekayotgan kasallik progeriya deb ataladi. Ushbu irsiy xastalik Getchinson-Gilford sindromi deb ham ataladi. Sayyoramizda 80dan ziyodroq inson ushbu kasallikka chalingani qayd etilgan.

Mumbaylik keksa-bolakayning sindromga chalingani besh yil avval aniqlangan edi. O‘shanda 10 yoshli bola 60 yashar qariyadek ko‘rinardi. Qanchalar og‘ir xastalikka chalingan bo‘lmasin, o‘smir kelajakka nekbin kayfiyat bilan qaraydi. U maktabga qatnab, ta'lim olishda tengdoshlaridan ortda qolmaslikka intiladi.

2014 yil yilda esa bolakay Amerikaning Boston shahrida davolandi. Bu o‘z samarasini bermasdan qolmadi albatta: shifokorlar uning “o‘ziga bir qancha qo‘shimcha hayotlarni ishlab olganini” aytishmoqda.

Nixal taslim bo‘lgani yo‘q va o‘ziga o‘xshaganlarga yordam berishni istaydi.

Top