23:32 / 04.02.2016
11768

O‘g‘limga nasihatlarim

Farzandlar o‘z-o‘zidan ulg‘ayib qolishmaydi. Ularni komil va mehrli inson qilib voyaga yetkazish uchun ota-onalardan katta e'tibor va bilim talab qilinadi.

Xabardor.uz portugaliyalik bloger Ana Karolinaning o‘g‘liga qilgan nasihatlarini mushtariylar e'tiboriga havola etadi.

1. Bobong va buving bilan o‘tkazgan vaqtingning qadriga yet.

2. Birov bilan qo‘l berib so‘rashganingda o‘sha odamga qarab so‘rash.

3. Sening gaping emas, ishing muhimroq.

4. Iste'dod mehnat orqali yuzaga chiqadi.

5. Qizlarga pokiza yigitlar yoqadi. Doimo ozoda yur.

6. Vaziyatni kuch bilan hal qilishdan boshqa yo‘ling yo‘q bo‘lsa, birinchi bo‘lib zarba ber. Bor kuching bilan.

7. Onangning har bir pishirib bergan taomini maqtab qo‘y.

8. Agar o‘zingni jamiyatda katta ta'sirga ega bo‘ldim deb hisoblasang, biror kishining itini ortingdan ergashtirishga urinib ko‘r.

9. Sartaroshxonalar uchun ko‘p pul sarflama. 

10. Hech qachon tovlamachilik qilma. 

11. Boshqalarni tinglashni o‘rgan.

12. Senga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirishni unutma.

13. Gapiradigan so‘zingning ma'nosini bilmaydigan bo‘lsang, kech bo‘lmasidan avval so‘rab bilib ol.

14. Piyoda yur. Bu sog‘liq uchun foydali.

15. Agar jahlga mingan holda xat yozgan bo‘lsang, uni jo‘natishdan oldin yaxshilab o‘qib chiq. Keyin esa yo‘q qil.

16. Hech qachon ayol kishi bilan bahslashma.

17. O‘zing mustaqil sayohat qilishga urinib ko‘r.

18. Mutaxassis bo‘lib yetishishing mumkin bo‘lgan sohani tanla. 

19. Ota-onang ko‘rmasligi lozim bo‘lgan fotosuratni internetga hech qachon joylashtirma.

20. Bir yilda hech bo‘lmasa ikki marta o‘zingga hisobot ber: nimani to‘g‘ri bajarding-u, nimani noto‘g‘ri, o‘ylab ko‘r.

21. Oilaviy fotosuratlarga kulib tush.

22. Ziyolilar davrasiga taklif qilinsang albatta bor.

23. Biror narsada muvaffaqiyatga erishsang, maqtanma.

24. Agar senga kiyim sovg‘a qilishsa, kiy. Bu eng yaxshi minnatdorchilik bo‘ladi. Hattoki birinchi va oxirgi marta kiysang ham.

25. Agar birortasi avtomobilini berib turgan bo‘lsa, uni qaytarayotganingda bakini to‘ldirib qaytar.

Manba: Xabardor.uz

Top