Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:16 / 05.02.2016
3054
1 daqiqa o‘qiladi
Buyuk Britaniya BMT komissiyasining Assanj bo‘yicha qarorini shubha ostiga olmoqda
Buyuk Britaniya hukumati BMTning WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning ta'qib qilinishini asossiz deb topgan ishchi guruhining qaroriga e'tiroz bildiradi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
“Bu hech narsani o‘zgartirmaydi, - dedi hukumat vakili agentlik bilan muloqot chog‘ida. – Julian Assanj adolatsiz hibs qurboni ekanligi borasidagi fikrni butunlay inkor qilamiz. Britaniya BMTga ishchi guruhning qaroriga rasman e'tiroz bildirishini tushuntirdi”.