22:37 / 05.02.2016
3158

Hindistonda avtobus ko‘prikdan daryoga qulashi natijasida 37 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yo‘lovchi avtobusi daryo ustidagi ko‘prikdan pastga quladi. India Today nashrida yozilishicha, bu hodisa tufayli kamida 37 kishi halok bo‘lgan.

Bu fojiali avariya 5 fevral kuni mamlakat g‘arbidagi Gujarot shtati hududida sodir bo‘lgan. Halokatdan oldin avtobusdagilar soni 60 nafardan ortiq bo‘lgan.

Ayni vaqtda suvdan 20 kishining jasadi chiqarib olingan. Mahalliy politsiya vakili qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytgan.

YTH yuz bergan joyga qutqaruvchi guruhlar, o‘t o‘chirish bo‘linmalari, shifokorlar va politsiya yetib kelib, zarur ishlarni boshlashgan.

Top