07:58 / 05.02.2016
5674

Ochlikdan qiynalgan dengiz sheri San-Diyegodagi restoranga kirib keldi

Kaliforniya shtatining San-Diyego shahridagi restoran xodimlari xonalardan birida yosh dengiz sheri kirib qolganini aniqlashdi.

Restoranga chaqirilgan mutaxassislarning qayd etishicha, 8 oylik bu jonivor ochlikdan azob chekkan va uning ayni vaqtdagi vazni odatdagidan 2 baravarga kam. U endilikda davolanish jarayonida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Tinch okeanida yashash va ozuqa topish sharoitlari og‘irlashib ketgani tufayli yil boshidan beri San-Diyegoda yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan dengiz sherlari soni 40taga yetgan. O‘tgan yil bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 1 mingdan oshgandi.

Bundan oldinroq, boshqa bir kattaroq dengiz sheri Kaliforniyadagi do‘konga yemak ilinjida kirib kelgani xabar qilingandi.

Top