22:11 / 05.02.2016
4954

Restling bo‘yicha sobiq yulduz "Makdonalds"da o‘lik holda topildi

Restlingda Aksel Rotten taxallusi bilan ishtirok etgan 44 yoshli AQShlik restler Brayan Nayton Baltimor shahridagi "Makdonalds" restoranlaridan birida o‘lik holda topildi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

Bu restoran Nayton yashagan motel yaqinida joylashgan bo‘lgan. Restlerning o‘limi sabablari aniqlashtirilmoqda.

Nayton so‘nggi yillarda salomatligida jiddiy muammolarni boshidan o‘tkazayotgan edi. Sportchi umurtqa pog‘onasining surunkali jarohati sababli bazo‘r yura olardi, og‘riqlar zo‘rayganda nogironlar aravasidan foydalangan.

Restler faoliyatining cho‘qqisi 90-yillar oxiriga to‘g‘ri kelgan. Sportchi Shimoliy Amerikaning Extreme Championship Wrestling (ECW), World Championship Wrestling (WCW) va World Wrestling Entertainment (WWE) tashkilotlari shoularida ishtirok etib kelgan.

Ma'lumot uchun, restling o‘zida atletik malakalar, jangovor san'atlar va teatr san'atini o‘zida mujassamlashtirgan sahnalashtirilgan tomosha turi sanaladi. Restlingdagi bellashuvlar sahnalashtirilgan tomoshalar bo‘lib, turli tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi.

Top