09:33 / 05.02.2016
3526

Ronaldino Vatikanda Rim papasi bilan uchrashdi

Braziliyalik hujumchi Ronaldino Vatikanga tashrif buyurdi va Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi.

Uchrashuv futbolchining Scholas Occurrentes nomidagi xalqaro maktablar tarmog‘ining Vatikandagi ofisiga tashrifi chog‘ida ro‘y bergan. Bunday maktablarning birinchisi Argentinada tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 5 qit'ada 400 mingga yaqin shunday maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu maktablar o‘z ichiga sport, fan va texnologiya sohalarni qamraydi.

Pontifik braziliyalik futbolchi bilan iliq ko‘rishgan. Qayd etish kerakki, Frantsisk I futbolning ashaddiy muxlislaridan hisoblanadi va uning eng sevimli jamoasi Argentinadagi "San-Lorenso de Almagro" (Buenos-Ayres) klubidir. U shuningdek, Turinning "Yuventus" va Myunxenning "Bavariya" jamoalariga ham ishqibozlik qiladi.

Top