12:30 / 05.02.2016
2230

Serxio Aguero APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi hujumchisi Serxio Aguero yanvar oyida Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

Aguero yangi yilning dastlabki oyida to‘rtta uchrashuvda maydonga chiqib besh bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eng yaxshi murabbiy deb esa «Sauthempton» ustozi Ronald Kuman topilgan. Gollandiyalik murabbiy boshchiligidagi jamoa to‘rtta uchrashuvda uchta g‘alabaga erishib, APL turnir jadvalida yettinchi pog‘onagacha ko‘tarilgan.

Top