09:19 / 06.02.2016
3435

2016 yilning sayohatlar uchun eng noqulay kunlari ma'lum qilindi

Sayohatchilar uchun mo‘ljallangan Flight Centre sayti mutaxassislari tadqiqot o‘tkazishdi va 2016 yilning sayohatlar uchun eng noqulay kunlarini aniqlashdi. Gap bayramlar, maktab ta'tillari va ko‘p sondagi sayohatchilar o‘z uylari yoki yaqinlarinikiga yo‘l oladigan sanalar haqida ketmoqda. Tadqiqot ma'lumotlarini keltirgan The Telegraph nashrining ta'kidlashicha, shunday gavjum kunlar samolyotga chiptalarni bronlash mushkul bo‘ladi, aviakompaniyalar esa odatda bunday vaqtda o‘z xizmatlariga narxlarni ko‘tarib yuborishadi.

"Chiptalar narxlaridagi farq hattoki "yaqin" sanalarni taqqoslaganda ham, shunchalik katta bo‘ladiki, bir necha yuz funt sterling tejab qolish mumkin", deb aytmoqda Flight Centre vakili Jastin Penni. U, shuningdek, chiptalarni avvalroq yoki payshanba kuni bronlashni tavsiya qilmoqda.

Sayohatlar uchun noqulay kunlar orasidan 12 fevral o‘rin oldi, bu kun o‘quv semestri o‘rtasidagi qisqa ta'tillarga to‘g‘ri keluvchi, tog‘ chang‘ichilari orasida ommabop bo‘lgan kunga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, bunday kunlar orasida 24 mart ham bor. Bu sanaga Pasxa arafasidagi dam olish kunlari to‘g‘ri keladi, bu esa biletlarga talabning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

13 aprelga Tailand Yangi yili – Songkran to‘g‘ri keladi, bu buddaviylarning oilaviy bayrami hisoblanadi.

Fransiyada 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati sababli ekspertlar 11 iyunda sayohatga chiqmaslikni tavsiya qilishmoqda.

Sayohat uchun eng noqulay sanalar orasida, shuningdek, 1 iyul (ta'tillar mavsumi boshlanishi), 21 oktabr (maktab ta'tillari), 6 va 24 noyabr (Nyu-york marafoni o‘tkaziladigan kun va Shukronalik kuni), 22 dekabr (katolik Rojdestvosi arafasi) ham bor.

Albatta, bu holat G‘arb davlatlari uchun xosdir hamda Sharq davlatlariga aksariyat to‘g‘ri kelmaydi.

Top