11:03 / 06.02.2016
8028

Bo‘ka tumanida talonchilar guruhi qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIBga 17 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, mazkur tumanning O‘zbekiston ko‘chasida uch noma'lum shaxs uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ikki dona «NOKIA» mobil telefonini tortib olib qochib ketganliklarini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni uch nafar mahalliy aholiga mansub shaxslar sodir etganligi aniqlanib, bu talonchilar qo‘lga tushirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top