08:15 / 06.02.2016
3023

«MYu» Gvardiolaning «Man Siti»ga o‘tishi aniq bo‘lishi bilanoq, Mourino bilan muzokara boshlagan

«Chelsi» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino va «Manchester Yunayted» rahbariyati o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Bu haqda VVS xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, mankunanliklar «Manchester Siti» Xosep Gvardiola bilan shartnoma tuzib qo‘ygani haqida oldindan, 1 fevral kuni e'lon qilgach, ispaniyalik mutaxassisdan umid uzib, Mourinoga yuzlanishgan.

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiy Lui van Gaalga yordamchilik qilayotgan Rayan Giggz Mourinoni jamoaga olib kelish g‘oyasiga qarshi bo‘lmoqda.

Mourinoning o‘ziga esa «MYu»ni boshqarish istiqbolli loyiha sifatida ko‘rinmoqda.

Bundan oldinroq, ESPN nashri Mourinoning yozda Manchesterga borishiga ishonchi komilligi haqida xabar bergandi.

Mourino «Manchester Yunayted» rahbariyatiga 6 sahifali maktub yo‘lladi

«MYu» rahbariyati Mourinoni jamoaga taklif etish uchun muzokara o‘tkazmoqda

Top