19:43 / 06.02.2016
4279

O‘zMU sayti Webometrics reytingida 6565-o‘rinda qayd etildi

Ispaniyaning Cybermetrics Lab tadqiqot guruhi butun dunyodagi oliy o‘quv yurtlari saytlari reytingini e'lon qildi. 

2016 yil reytingida jahondagi 24 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtlari saytlariga baho berilgan. Bunda saytning qidiruv tizimlarida mavjudligi, giperhavolalar miqdori kabi ko‘rsatkichlar inobatga olingan. Global reytingda birinchi o‘rinni Garvard universiteti sayti egalladi. Ikkinchi o‘rinda Stenford universiteti, uchinchi o‘rinda esa Massachusets texnologik instituti qayd etilgan.

Ushbu reytingda O‘zbekistondagi 66ta oliy o‘quv yurti sayti joy olgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti sayti milliy segmentda birinchi (global reytingda 6565), Samarqand davlat universiteti ikkinchi (8084), Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti esa uchinchi (8408) o‘rinda qayd etilgan.

Top