18:28 / 06.02.2016
2662

Sneyder 16 mln yevro evaziga Xitoyga yo‘l olishi mumkin

Xitoyning «Tszyansu Sunin» klubi Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyderni transfer qilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fanatik nashrida xabar qilinishicha, Xitoy jamoasi gollandiyalik futbolchi uchun 16 million yevro bermoqchi.

Futbolchining o‘ziga esa yiliga 7 million yevro maosh tayinlash nazarda tutilgan 3 yillik shartnoma taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu jamoa bundan oldinroq «Shaxtyor» jamoasidan 50 mln yevro evaziga Aleks Teysheyrani xarid qilgandi. Ularning «Chelsi»dan 75 mln yevro evaziga Oskarni xarid qilish rejasi barbod bo‘lgan. Jamoa qishki transferlar vaqtida yana bir braziliyalik futbolchi Joni («Ash-Shabob») hamda Ramiresni («Chelsi») xarid qilgandi.

Ma'lumot uchun, bu jamoa Xitoy chempionatida o‘tgan mavsum yakunida (chempionat 2015 yilning 7 martidan 30 oktabrigacha o‘tkazilgan) 10 o‘rin bilan kifoyalangandi. Jamoa aksiyalarining bir qismi Alibaba Group rahbari Jyek Maga tegishli hisoblanadi.

«Galatasaray» «Vest Hem»ning taklifini rad etib, Burak Yilmazni Xitoy chempionati vakiliga transfer qildi

Odion Igalo: Xitoyliklar menga haftasiga 300 ming funt to‘lamoqchi bo‘ldi, lekin bolalik orzumni sotishni istamadim

Top