12:48 / 06.02.2016
4808

Toshkentdagi Xalqaro pochta filialida ro‘y bergan yong‘in sababli pochta jo‘natmalari yetkazilishida uzilishlar kuzatilmoqda

Xalqaro va ichki pochta jo‘natmalarini saralash jarayonida 5 fevralga o‘tar kechasi “Xalqaro pochta” filialida ro‘y bergan yong‘in sababli to‘xtalishlar kuzatilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston postasi” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ayni paytda “Xalqaro pochtamp” filialining odatdagi tartibda ishlashini ta'minlash uchun barcha zarur choralar qo‘llanilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevralga o‘tar kechasi «O‘zbekiston pochtasi»ning Toshkentdagi Shimoliy vokzalga yondosh hududda joylashgan xalqaro filialida yong‘in yuz bergan edi.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 12ta o‘t o‘chiruvchi mashina safarbar etildi. Hodisa oqibatida 900 kv. metr joy yongan. 2000 kv. metr hudud saqlab qolindi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Top