13:53 / 06.02.2016
3913

Yurgen Klopp: Teysheyra farzandlari kelajagini moliyaviy tomondan ta'minlash uchun "Liverpul"ni emas, Xitoy jamoasini tanladi

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Shaxtyor"dan braziliyalik hujumchi Aleks Teysheyraning transfer qilinishida muvaffaqiyatsizlikka uchralganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Agar sen 26 yoshda bo‘lsang va senda shunday ajoyib taklif bo‘lsa, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rishing kerak bo‘ladi. Aytishim mumkinki, Teysheyra, "Liverpul"da o‘ynashni emas, Xitoyning "Tszyansu" jamoasini tanlash orqali o‘z bolalarining va boshqa qarindoshlarining kelajagini ta'minlab qo‘ydi.

Men uning qaroridan ranjiganim yo‘q. Futbolda bunday voqealar odatiy hol", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" ancha vaqtdan buyon "Shaxtyor"ning ushbu futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilib keldi, lekin yakunda transfer uchun ukrainaliklarga ko‘proq, futbolchining o‘ziga esa yiliga 12 mln yevrodan iborat maosh taklif etgan "Tszyansu" jamoasi uni "ilib ketdi".

Xitoyning yana bir jamoasi rekord darajadagi mablag‘ evaziga futbolchi sotib oldi

"Shaxtyor" Teysheyraning "Tszyansu Saynti" jamoasiga transfer qilinganini tasdiqladi

Top