12:39 / 07.02.2016
3062

Lui van Gaal: «MYu» Mourino bilan muzokara o‘tkazayotganiga ishonmayman

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal mavsum yakuniga o‘z o‘rniga Joze Mourinoning olib kelinishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Oxirgi oylarda mening rafiqam, bolalarim, nabiralarim va do‘stlarim uchun og‘ir kunlar bo‘lmoqda. Men uchun ham. Lekin men vaziyatni to‘g‘rilayman. Gollandiyada meni o‘ta mag‘rur ekanimni va yengilmasligimni bilishadi. Angliyada esa men haqimda juda ko‘p bema'ni gaplar yozishmoqda.

Men jamoa rahbariyatining Mourino bilan muzokara o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarga ishonmayman», deydi murabbiy The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Bundan oldinroq, «Manchester Yunayted» Gvardiolaning «Manchester Siti»ga o‘tishi aniq bo‘lishi bilanoq, Mourino bilan muzokara boshlagani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgandi.

Joze Mourino: Tez orada ishga qaytaman

Top