19:37 / 08.02.2016
3254

Koentrau «Nitstsa»ga qarshi o‘yinda oyog‘ini sindirib oldi

«Monako»ning portugaliyalik himoyachisi Fabiu Koentrau Fransiya chempionatining 25 turida «Nitstsa»ga qarshi kechgan uchrashuvida (1:0) oyog‘ini sindirib oldi.

Uning qancha vaqtda safga qaytishi aniq emas. Portugaliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan bu 27 yoshli bu futbolchi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.

Joriy mavsum avvalida «Real»dan ijaraga olingan Koentrau joriy mavsumda monegasklar tarkibida Franiya chempionatining 14 uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

Top