11:46 / 08.02.2016
3971

KXDR sun'iy yo‘ldosh tashuvchi raketaning uchirilishi haqidagi ogohlantirishni bekor qildi

Shimoliy Koreya rasmiylari 14 fevral kunigacha mo‘ljallangan, bir qancha xalqaro tashkilotlarga yuborilgan, orbitaga sun'iy yo‘ldosh olib chiqadigan tashuvchi raketaning uchirilishi borasidagi ogohlantirishni bekor qildi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.
Telekanal manbalarining e'tirof etishiga qaraganda, ogohlantirishni bekor qilish haqidagi ma'lumot 8 fevral kuni kelib tushgan.
Qo‘shni davlatlarning e'tiroziga qaramay, KXDR 7 fevral kuni “Kvanmenson” nomli raketani fazoga uchirdi. Shimoliy Koreya yadroviy dasturidan tahlikada bo‘lgan jahon hamjamiyati buni ballistik raketaning sinovdan o‘tkazilishi sifatida baholadi.

Top