11:41 / 08.02.2016
5992

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 6,8 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘tgan 2015 yilda mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6,8 foizga o‘sdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xabar qildi.

Xususan, qishloq xo‘jaligini texnik va texnologik yangilash doirasida 2015 yilda 9,7 ming gektar maydonda yangi intensiv bog‘lar va 9,2 ming gektar uzumzorlar, 444 gektar issiqxonalar barpo etildi hamda 12,3 ming maydondagi bog‘larni va 7,5 ming ming maydondagi uzumzorlarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilda 76,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotni saqlash imkonini beruvchi 110 ta yangi sovutish kamerasi foydalanishga topshirildi va 1,35 ming tonna mahsulotni saqlash imkonini beruvchi 4 ta sovutish kamerasi modernizatsiya qilindi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 2015 yilda 3361,3 ming tonna paxta xomashyosi, 8176,6 ming tonna g‘alla ekinlari, 10128,1 ming tonna sabzavot, 2696,7 kartoshka, 1853,1ming tonna poliz mahsulotlari, 2746,2 ming tonna meva, 1579,0 ming tonna uzum yetishtirildi. Yirik shoxli qoramollar soni 11,6 mln. boshga yetkazildi, 2033,5 ming tonna go‘sht, 9028,2 ming tonna sut, 5526 mln dona tuxum yetishtirildi.

Top