23:37 / 08.02.2016
3406

Turkiya sohillari yaqinida falokatga uchragan qayiq qurbonlari 27 kishiga yetdi

Egey dengizida Turkiyaning Balikesir viloyati yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan, falokatga uchragan qayiq qurbonlari soni 27 kishiga yetdi, ular orasida 11 nafar bola bor. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 4 nafar muhojirni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lindi, yana 9 kishini qidirish davom etmoqda. Muhojirlar Gretsiyaga yetib
olishmoqchi bo‘lgan.

Avvalroq yana bitta muhojirlar qayig‘i Izmir viloyati yaqinida cho‘kib ketgandi. Oqibatda 11 kishi cho‘kib ketgan, 3 nafari qutqarib qolingan.

Muhojirlar Turkiya orqali, jumladan dengiz orqali Yevropa Ittifoqining eng yaqin joylashgan davlatlariga o‘tmoqchi bo‘lishadi. Ular ko‘pincha odamlarni tashish uchun tayyor bo‘lmagan suzuvchi vositalar, kichik plastik, yog‘och yoki puflangan qayiqlardan foydalanishadi. Turkiya sohillari yaqinida cho‘kib ketgan muhojirlarning soni yuzlabni tashqil qilmoqda.

Top