14:15 / 08.02.2016
6211

Xonanda Shoira Otabekovaning otasi vafot etdi

Xonanda Shoira Otabekova oilasida og‘ir yo‘qotish ro‘y berdi.

U o‘zining Instagramdagi sahifasida qoldirgan ma'lumotga ko‘ra, 5 fevral kuni uning otasi Erkin Otabekov 68 yoshida olamdan o‘tgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, dafn marosimi Andijonda o‘tkazilgan.

Tahririyat marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top