08:52 / 09.02.2016
2704

Kurt Zuma jarohati tufayli kamida 6 oy maydonga qayta olmaydi

"Chelsi" jamoasining fransiyalik 21 yoshli himoyachisi Kurt Zuma Angliya chempionati 25-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda orttirib olgan og‘ir jarohatidan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. U ko‘rik natijasi haqida o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, tizza osti paylarim jarohatlangan. Shu haftada jarrohlik amaliyoti stoliga yotaman. Maydonga yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman.

Mendan xavotir olib yozgan xabarlaringiz uchun rahmat", deya yozadi u tvitterida.

Top