19:15 / 10.02.2016
13320

2015 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingi e'lon qilindi

«Yangi asr avlodi» nashriyoti marketologlari tomonidan 2015 yilning eng ommabop kitoblari reytingi tuzib chiqildi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» sayti xabar bergan.

Mazkur reyting «Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan chop etilgan va respublika kitob do‘konlarida hamda tashkilotlar tomonidan eng ko‘p sotib olingan kitoblar asosida tuzilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2015 yil davomida kitobxonlar tomonidan eng ko‘p sotib olingan kitob «Kamolot kutubxonasi» ruknida chop etilgan dunyoga mashhur o‘zbek shoirasi Zulfiyaning «Bahor keldi seni so‘roqlab» she'riy to‘plami bo‘ldi. 2015 yil davomida 9942 dona she'riy to‘plam xarid qilingan.

Ikkinchi o‘rinda «30 shagov k russkomu yazyku», uchinchi o‘rinda esa inglizcha—o‘zbekcha lug‘at qayd etilgan. Yil mobaynida o‘zbek milliy adabiyoti namoyondalari Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Po‘lat Mo‘min hamda jahon adabiyotining mashhur adiblari Jaloliddin Rumiy, Ernest Heminguey, Daniyel Defo, Paolo Koelo, Stendal kabi ijodkorlarning asarlari kitob savdosida yetakchilik qilib kelgan.

2015 yilda eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingi:

1. Zulfiya. «Bahor keldi seni so‘roqlab» – 9942 dona
2. «30 shagov k russkomu yaziku» – 6414 dona
3. «Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at» – 6213 dona
4. X.To‘xtaboyev. «Sariq devning o‘limi» – 6130 dona
5. Ibratli ertaklar. «Kenja o‘g‘il» – 6077 dona
6. X.To‘xtaboyev. «Sariq devni minib» – 6010 dona
7. E.Heminguey. «Chol va dengiz» – 5343 dona
8. «Top, top, topishmoq» – 5025 dona
9. D.Defo. «Robinzon Kruzo» – 4969 dona
10. A.K.Doyl. «Sherlok Xolms va doktor Uotson sarguzashtlari» – 4963 dona
11. P.Koelo. «Alkimyogar» – 4870 dona
12. D.Karnegi. Uch kitobdan iborat to‘plami. – 4733 dona
13. A.Qodiriy. «O‘tkan kunlar» – 4645 dona
14. G‘.G‘ulom. «Shum bola» – 4180 dona
15. J.Rumiy. «Ichingdagi ichingdadur» – 4165 dona
16. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» – 3601 dona
17. D.Karnegi. «O‘z o‘ziga ishonch hosil qilish» – 3447 dona
18. D.Karnegi. «Do‘st orttirish…» – 3454 dona
19. Po‘lat Mo‘min. «Bo‘ladigan bolalar» – 2943 dona
20. Stendal. «Qizil va qora» – 2940 dona.

Top