18:35 / 10.02.2016
3217

Abdulaziz Komilov NATO xodimi Byurosi rahbarini qabul qildi

2016 yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentdagi Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Byurosi rahbari lavozimiga tayinlangan Rozariya Pulizini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida turli sohalardagi O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqa siyosatiga oid ba'zi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Top