11:44 / 10.02.2016
14904

OAV: Devid Bekhem va Viktoriya 17 yillik nikohdan keyin ajrashmoqda

Britaniyalik taniqli futbolchi Devid Bekhem o‘z rafiqasi, Spice Girls pop-guruhining sobiq a'zosi Viktoriya Bekhem bilan ajrashishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Hollywood Life tabloidi ushbu juftlikka yaqin manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Ma'lumki, ushbu juftlik 17 yildan buyon birgalikda hayot kechirib kelishmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, ular ayni vaqtda oilaviy mulkni bo‘lib olish bo‘yicha jarayonni boshlashgan.

O‘z navbatida bu borada rasman izoh berilmagan.

Ularning ajrashishi haqidagi mish-mishlar ilk marta o‘tgan yili, Viktoriyaning turmush o‘rtog‘iga atab chizdirgan tatuirovkalarini o‘chirtirib tashlaganidan so‘ng paydo bo‘lgandi.

17 yil ichida Devid va Viktoriyaning oilasida 4 nafar farzand dunyoga kelgan. Ularning 3 nafari o‘g‘il, va biri qizaloq: Kruz Devid Bekhem (16 yosh), Romeo Jyeyms Bekhem (13 yosh), Bruklin Jozef Bekhem (10 yosh), Xarper Seven Bekhem (4 yosh).

Devid Bekhem 2013 yilda professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.

Bekhem ko‘chada tez yordam kutayotgan bemor va uning shifokorini choy hamda kofe bilan siyladi

Top