Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:44 / 10.02.2016
2665
1 daqiqa o‘qiladi
Shirokov rasman TsSKA futbolchisiga aylandi
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi sardori Roman Shirokov Moskvaning TsSKA jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Ushbu kelishuv joriy mavsum yakuniga qadar tuzilgan va kelgusida uzaytirilishi ham mumkin.
10 fevral kuni Shirokov yangi jamoasi bilan uchinchi qishki yig‘inga jo‘nab ketadi. Bu yig‘in Ispaniyaning Marbele shaharchasida o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Shirokov bungacha "Zenit", "Krasnodar" va "Spartak" jamoalarida to‘p surgan.